Dilnavoz Yusupova


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1976-yil, 10-avgust

Tarjimai hol

Dilnavoz Yusupova 1976-yil 10-avgustda tug‘ilgan. Toshkent shahridagi 121-sonli o‘rta maktabni 1993-yilda imtiyozli tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirib, 1998-yil uni imtiyozli diplom bilan tugallagan. 1999-2005-yillarda JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyida o‘qituvchi bog‘lib ishlagan. 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek mumtoz adabiyoti” kafedrasiga aspiranturaga qabul qilinib, 2008-yilda “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi, mumtoz poetika va adabiyot nazariyasi yo‘nalishida xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan. Xorij matbuotida 10 ga yaqin ilmiy maqolasi e’lon qilingan.

Respublika nashrlarida 1 monografiya, 4 o‘quv qo‘llanma, 1 ilmiy tarjimasi chop etilgan. Ilmiy jurnal va to‘plamlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan.

D.R.Yusupova ayni paytda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasida faoliyat olib boryapti.


Barcha kitoblar (1)