Villi Korsari


Mamlakat: Belgiya
Tug‘ilgan sanasi: 1897-yil, 26-dekabr
Vafot etgan sanasi: 1998-yil, 11-may
Tarjimai hol

Villi Korsari, aslida, ismi-sharifi Vilgelmina Angela Shmidt bo‘lgan atoqli golland adibasining taxallusidir. U 1897 yil dekabrida Bryussel yaqinidagi Sint-Piters Jett shahrida tavallud topgan. 1998-yil 11-mayida 100 yoshdan o‘tib Amstelveen shahrida vafot etgan. Vilgelmina dastlab Ams­terdamdagi teatr maktabida tahsil oladi. Aktrisa, qo‘shiqchi va raqqosa sifatida o‘z davrining eng mashhur kabarelarida jahonga dong‘i ketgan estrada ustalari Jan-Lui Pisusse hamda Lui Davidlar bilan bir sahnada faoliyat yuritadi. Ke­yinchalik  o‘zida yozuvchilik iqtidorini payqab, badiiy ijod bilan jiddiy shug‘ullandi. Uning ilk asarlari turli adabiy jurnallarda 1916 yildan chop etila boshlagan. 1928 yili esa ilk kitobi dunyo yuzini ko‘radi.
Villi Korsarining eng mashhur romanlari sifatida «Sen va men» (1928), «Mundirsiz kishi» (1933), «Ekspress to‘xtadi» (1938), «Oramizdagilardan biri» (1945) kabilarni tilga olishadi. Shuningdek, «Omnibus» (1953) nomli hikoyalar to‘p­lami ham o‘z davrida dovrug‘ taratgan. Villi Korsari golland xalqi ijtimoiy hayotining deyarli barcha jabhalarini o‘ta haqqoniy va yuksak badiiyat bilan tacvirlaganligi tufayli uning hikoya, roman, pesalari o‘tgan asrning 50 yillarida juda mashhur bo‘lib ketdi.


Barcha kitoblar (1)