Abu Bakr Narshaxiy


Mamlakat:
Tug‘ilgan sanasi: -yil

Tarjimai hol

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik annarshaxiy (899—959) — tarixchi olim. Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 943—944 y.larda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. N.ning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Saʼd as-Samʼoniy (1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida N. haqida maʼlumotlar mavjud. N. oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128 y. quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178—79 y.larda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan ibo-rat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bagʻishlangan. Ki-tobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox,lariga bagʻishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va b.
"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi begi (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 1966).shahar va qishloklarning tasviriga ba-gʻishlangan. Unda bu joylarning tarixi, axrlisi va uning mashgʻuloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir boʻlgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda Oʻrta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining oʻrnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va b. boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da 9-a.da Oʻrta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo boʻlishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maʼlumotlar boʻlib, unda Buxoro sh.ning darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shah-ristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixi-nigina emas, balki butun Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij (1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da oʻzbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan.


Barcha kitoblar (2)