Abduqayum Yo‘ldosh


Mamlakat: O‘zbekiston
Tug‘ilgan sanasi: 1962-yil, 28-fevral

Tarjimai hol

Abduqayum Yo‘ldosh 1962-yil 28-fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida tug‘ilgan. Toshkent Politexnika institutini (hozirgi Texnika universiteti) bitirgan (1985). «Qaro ko‘zim. Shayx ur-rais» (1990), «Sunbulaning ilk shanbasi» (1998), «Timsohning ko‘z yoshlari» (2003), «Parvoz» (2004), «Bir tun va bir umr» (2007) kabi kitoblari nashr etilgan.
R. Bredberi, A. Kristi, F. Braun, E. Potter hikoyalarini, Ye. Berezikovning «Buyuk Temur» romanini (H. Shayxov bilan hamkorlikda), P. Shermuhamedovning «Buyuk Xorazmiy» romanlarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.
«Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1999).


Barcha kitoblar (1)