Foydalanish shartlari

Kitobim xizmatidagi elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi.

Kitoblardagi faktlar, ularning mazmuni uchun mualliflar javobgardir. Shuningdek, foydalanuvchilar ham o‘zlari yozgan mulohazalar uchun mas'uldirlar.

Foydalanuvchilar tomonidan kiritilayotgan kitob va mulohazalarda ushbular taqiqlanadi:

- Fahsh, behayo va haqorat so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tish man qilinadi. Administrator tomonidan  bunday so‘zlar bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning nomlari o‘chirib tashlanadi va ban qo’yiladi.
-  Irqiy va diniy kamsitish man etiladi.
- Terroristik, shaxvoniy va zararli, tahdidlovchi, haqoratlovchi, asabga teguvchi, qo‘pol, birovni shaxsiyatiga teguvchi, g‘azabli, irqiy va etnik qarshilikni ifodalovchi, fitnaga sabab bo‘ladigan mulohazalar yozish, shunday saytlarga link berish qat’iyan man etiladi.
- O‘zbek tiliga yot bo’lgan jargonlar va til uslubini buzuvchi unsurlardan foydalanish, turli xil tillarni betayin aralashtirib mulohaza kiritish taqiqlanadi.

Quyidagilar tavsiya etiladi:
- Mualliflik huquqi qonunlariga muvofiq, material, rasm ko‘chirib berilganda muallifi, linkini ko‘rsating.
- Muhokamalar paytida o‘zaro hurmat, bag‘rikenglikka roiya qiling.