Ko‘p so‘raladigan savollar

Kitoblarni qanday saqlab olish mumkin?
Kitoblarni kompyuterda saqlab olib bo‘lmaydi. Ularni faqat ilovamiz orqali o‘qishingiz mumkin.

Saytdagi kitoblarni qaysi qurilmalarda o‘qish mumkin?
Saytdagi kitoblarni Android tizimidagi maxsus book-readerlarda, smartfon, planshetlarda o‘qish mumkin.

Kitoblar qaysi formatda?
Kitoblar Kitobim ilova uchun maxsus shifrlangan formatda.

Kitoblarni oflayn rejimida ham o‘qisa bo‘ladimi?
Ha, ilova orqali saqlangan kitoblarni oflayn rejimida ham o‘qishingiz mumkin.

Hisobni qaysi to‘lov tizimlari orqali to‘lanadi?
Hozircha Click, Mbank tizimlari orqali hisobni to‘ldirish imkoni mavjud.

Qaysi nashriyotlarning kitoblarini sotib olish mumkin?
Hozircha "Akademnashr" nashriyotining kitoblarini sotib olishingiz mumkin. Keyinchalik boshqa nashriyotlar bilan ham hamkorlik qilish niyatimiz bor.

Kitobim ilovasini qayerdan olamiz?
Kitobim ilovasini Google Play Market‘dan olishingiz mumkin. Ilovamiz bepul.

Telefon orqali ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladimi?
Bo‘ladi. Ism, raqamingiz va parolni kiritasiz. Sizga tasdiq kodi SMS orqali yuboriladi. Uni tasdiqlaganingizdan so‘ng ilovamizdan foydalanishingiz mumkin.