Sayt haqida

Kitobim loyihasi 2012 yildan boshlab faoliyat yuritmoqda.

Loyihaning maqsadi: o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga ularni qulay o‘qish imkoniyatini yaratishdir. Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni arzon bahoda sotib olishlari uchun yordam berish ham bizning maslagimizdir.

Agar siz o‘z asarlaringizni internetda e'lon qilishni va tarqalishini xohlasangiz, bizga info@kitobim.com manzili orqali murojaat qiling.

Sayt haqidagi fikr-mulohaza, takliflaringizni info@kitobim.com'ga yuboring.

Sizga maroqli mutolaa tilaymiz!