Ushbu kitob kirill yozuvida:
Меҳробдан чаён

Mehrobdan chayon

(baho berilmagan)

Turkiston feodallarining keyingi vakili bo‘lg‘an Xu­doyor­­­ning o‘z xohishi yo‘lida dehqon ommasi va mayda hunarmand – kosib sinfini qurbon qilishi, mam­lakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo‘lmasin, rahmsiz jazo berishi ro‘monning mavzui’dir. Xudoyorning bu yo‘ldag‘i birinchi istinodgohi bo‘lg‘an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg‘ani ham xabosat pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig‘dirg‘an qadar bayon qilinadir. Bular ro‘monning nomarg‘ub – manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi “tuban” sinf – kambag‘allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch – ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag‘allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmishi va bir-biriga aloqasi, samimiyati. Albatta, men bu so‘ngg‘i marg‘ub qahramonlarni o‘zbek tarixining hazmi ko‘targan qadar o‘z holicha olishqa tirishdim. Ularning xon va ulamoga qarshi izyoni tabi’iy– shar’iydir. Chunki shundan ortig‘i soxta bo‘lishi ustiga kitobning qadrini ham tushurar edi. Shu ikki sinf kurashini tasvir qilish vositasida xon harami, xotinlari, qirq qizlar, tarixiy va etno‘g‘rafiy lavhalar, o‘zbek hayoti, qiziqchilig‘i, tanqidchilig‘i, o‘zbek xotin-qizlari orasidag‘i iste’dod, shoirlar, azkiyachilik va boshqa yana ko‘b nuqtalarni qamrab olindi. Ro‘monda yana bundan boshqa bir ko‘b jihatlar bor. Ularni bu yerda sanab o‘lturish hojat emas, ular muhtaram, o‘qug‘uchining nazaridan qochib qutilmas. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) Toshkand, 1928-nchi yil, 5-fevral


"Sharq" NMAK Bosh tahririyati, 2016

5400 so‘m

comments powered by Disqus