Ushbu kitob kirill yozuvida:
Сирли шамчироқ

Sirli shamchiroq

(baho berilmagan)

Xalq og‘zaki ijodi namunalari millatimiz urf-odatlarini, donishmandligi va zukkoligini, qolaversa badihago‘yligini o‘zida aks ettiradi. Shu sabab xalq og‘zaki ijodi — ertak, maqol, matal, naql va aytimlarni ota-bobolarimiz tildan-tilga ko‘chirib avlodlarga yetkazadilar. Ular orqali tarixni, madaniyatni o‘rgatadilar, qolaversa kelajak avlod ongiga millatga xos milliy ruhni singdiradilar. Farzandlarimiz ertaklarni mutolaa qilib, kattalardan tinglab, qahramonlar xatti-harakatlarini kuzatadilar, yaxshilikning doimo yomonlik ustidan g‘alaba qozonishiga guvoh bo‘ladilar, mehr-muhabbat tuyg‘usini his qiladilar, odamiylik xislatlaridan saboq oladilar. Ertaklar ayniqsa bolada tafakkur, xayol qilishni, so‘zamollikni, hozirjavoblikni, izzat-hurmat, mehnatni qadrlashni o‘rgatgani tufayli «Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» deyiladi. «Ertaklar sayyorasi» turkumining navbatdagi «SIRLI SHAMCHIROQ» nomli to‘plamiga xalqimizning qadimiy va mashhur o‘g‘zaki ijod namunalari jamlangan. Kitob quyi sinf o‘quvchilari, ota-onalar, bog‘cha va maktab muassasalari tarbiyachilariga mo‘ljallangan.


"DAVR PRESS" NMU

2000 so‘m

comments powered by Disqus