Echki bilan mushuk sarguzashti

(baho berilmagan)

Kuba folklori — xalq talantining jonli guvohi. Unda Kuba xalqi­ning o‘z vatani tarixi haqida, hattoki, eng og‘ir davrlarida ham e’zozlab, saqlab kelgan zakovati, yuksak axloqiy ideallari va erksevarligi mujassamlashgan. Xalq dahosi, aql-zakovati va yumori durdonalari bo‘lgan bu ertaklarda Kuba xalqi madaniyatining milliy xususiyatlari aks etgan. “Ertaklar sayyorasi” turkumi ostida nashr etilayotgan “Echki bilan mushuk sarguzashti” to‘plamida Kuba xalqining ming yillar mobaynida og‘izdan og‘izga ko‘chib kelayotgan xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lmish ertaklari mujassamlashgan. Ushbu ertaklar o‘sib kelayotgan yosh avlodni zukkolikka, topag‘onlikka, so‘zamollikka o‘rgatish bilan birga, ularning mantiqiy fikrlash darajasini ham oshiradi. Kitob ota-onalar, bog‘cha va maktab muassasalari tarbiyachi­larining bolajonlarga o‘qib berishlari uchun, shuningdek, quyi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan.


"DAVR PRESS" NMU

2000 so‘m

comments powered by Disqus