Ikki baxil hamda bir faqir

(baho berilmagan)

Xalq og‘zaki ijodi namunalari millatimiz urf-odatlarini, donishmandligi va zukkoligini, qolaversa, badihago‘yligini o‘zida aks ettiradi. Shu sabab xalq og‘zaki ijodi — ertak, maqol, matal, naql va aytimlarni ota-bobolarimiz tildan-tilga ko‘chirib avlodlarga yetkazadilar. Ular orqali tarixni, madaniyatni o‘rgatadilar, qolaversa, kelajak avlod ongiga millatga xos milliy ruhni singdiradilar. Farzandlarimiz ertaklarni mutolaa qilib, kattalardan tinglab, qahramonlar xatti-harakatlarini kuzatadilar, yaxshilikning doimo yomon­lik ustidan g‘alaba qozonishiga guvoh bo‘ladilar, mehr-muhabbat tuyg‘usini his qiladilar, odamiylik xislatlaridan saboq oladilar. Ertaklar, ayniqsa, bolada tafakkur, xayol qilishni, so‘zamollikni, hozirjavoblikni, izzat-hurmat, mehnatni qadrlashni o‘rgatgani tufayli “Ertaklar — yaxshilikka yetaklar” deyiladi. “Ertaklar sayyorasi” turkumining navbatdagi “Ikki baxil hamda bir faqir” nomli to‘plamiga xalqimizning qadimiy va mashhur o‘g‘zaki ijod namunalari jamlangan. Kitob quyi sinf o‘quvchilari, ota-onalar, bog‘cha tarbiyachilari va maktab o‘qituvchilariga mo‘ljallangan.


"DAVR PRESS" NMU

2000 so‘m

comments powered by Disqus