Orzigul Hamroyeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi.

«Adabiyot. Eng yangi savol-javoblar» (2015-yil), «Ona tili. Eng yangi savol-javoblar» (2015-yil), «Adabiyot. Abituriyentlar uchun savol-javoblar» (2016-yil), «Ona tili. Abituriyentlar uchun savol-javoblar» (2016-yil) kitoblari nashr etilgan.

20 dan ortiq ilmiy maqolalari respublika ilmiy jurnallarida, 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorij ilmiy matbuotida e'lon qilingan.