Anvar Namozov

Anvar Namozov 1993 yilda Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Talabalik davridayoq uning ijod namunalari “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Oila va jamiyat” gazetalarida chop etilgan. 
Universitetni tamomlagach, “Zarafshon”, “Darakchi” gazetalarida ishlagan. Bir talay maqolalari va badiiy ijod namunalari “Hurriyat”, “Mohiyat”, “Bekajon”, “Parvona” va boshqa vaqtli matbuot nashlarida ham e’lon qilingan. Anvar Namozov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi ham bo‘lgan. 
Ayni paytda u respublikamizdagi nufuzli nashriyotlardan birida bosh muharrirlik qilmoqda. A.Namozov ijodga jiddiy, mas’uliyat bilan qaraydi. 
“Men – ko‘rinmas odam” sarguzasht qissa, "Onasi o‘pmagan yigit" qissalar va hikoyalar, "Jumboq" uning ijod namunalari. Ayni paytda bu ijodkor "Qiyofa o‘g‘risi" nomli asar ustida ishlamoqda.