Ahmad Muhammad Tursun

Ahmad Muhammad Tursun (Tursunov Ahmad Mamajonovich) 1949-yili Namangan shahrida tug‘ilgan. 1967-yildan buyon matbuotda faoliyat olib boradi: «Namangan haqiqati» gazetasida turli vazifalarda, «Namangan atlasi», «Irfon», «Tarjimon», «Suhbatdosh», «Hayrat» gazetalari bosh muharriri bo‘lib ishlagan. 2003-2010 yillarda «Hidoyat» jurnalida bo‘lim muharriri bo‘ldi. Ma’lum vaqt nafaqada bo‘ldi.

2014 yildan buyon «Hilol-nashr» nashriyotining muharriri. Ellikka yaqin badiiy, ilmiy-ma’rifiy, publitsistik kitoblari nashr etilgan. O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi a’zosi.